Navoiy xalqaro aeroporti xodimi O‘zbekiston aviatsiya xodimlari o‘rtasida eng kuchli shaxmatchi bo‘ldi
O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi tomonidan respublika kasaba uyushmalari tashkilotining 120 yilligiga bag‘ishlab aviatsiya xodimlari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha turnir o‘tkazildi. Turnirda mamlakatimizning barcha hududlaridan aviatsiya sanoati xodimlari ishtirok etishdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, Navoiy xalqaro aeroportida faoliyat yurituvchi Gulnora Tursunova eng kuchli shaxmatchi ayol deb topildi. G‘olib 10 million so‘m mukofot bilan taqdirlandi. Ayollar o‘rtasida faxrli 3-o‘rinni ham aeroport sektori vakili – “Uzbekistan Airports Handling” kompaniyasi xodimi Nargiza Ibragimova egalladi.
Erkaklar o'rtasidagi musobaqada aeroport xodimlari ham ikkita sovrinli o'rinni egalladi:
2-o‘rin – Najmiddin Saparov, Termiz xalqaro aeroporti xodimi;
3-o‘rin – Abdujabbor Majidov, "Uzbekistan Airports Handling" xodimi.
08 Apr, 2025