Clinics and Pharmacies

Tuman O‘zbekistondagi ikkita aeroport faoliyatini cheklab qo‘ydi

Farg‘ona vodiysidagi noqulay ob-havo sharoiti – qalin tuman tufayli Namangan va Farg‘ona aeroportlarida reyslarni qabul qilish va jo‘natish vaqtincha cheklandi.

Xususan, Namanganda quyidagi parvozlar kechiktirildi:

- "Flynas" aviakompaniyasining XY-652 Namangan - Jidda parvozi (yo‘lovchilar Namangan aeroportida parvozni kutishmoqda);

- "Aeroflot" aviakompaniyasining SU-1971 Namangan - Moskva parvozi (yo‘lovchilar Namangan aeroportida parvozni kutishmoqda);

- "RedWings" aviakompaniyasining WZ-1124 Maxachkala - Namangan - Maxachkala reysi (samolyot Namanganda ob-havo sharoiti yaxshilanishini kutmoqda);

- “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY-9858 Ufa – Namangan parvozi (Toshkentga yo‘naltirilgan);

- “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY-9825 Namangan – Sochi parvozi (yo‘lovchilar Namangan aeroportida parvozni kutishmoqda);

- "Panorama Airways" aviakompaniyasining 5P-5382 Madina - Namangan parvozi (Toshkentga yo'naltirilgan). 5P-5381 Namangan – Madina parvozi Toshkentdan amalga oshiriladi, yoʻlovchilar yer usti transportida Toshkentga yetkaziladi;

- "Jazeera Airways" aviakompaniyasining J-663 Quvayt – Namangan parvozi (samolyot Toshkentdagi muqobil aerodromga yoʻnaltirilgan, yoʻlovchilar Namanganga yer usti transportida yetkaziladi).

Farg‘ona aeroportida quyidagi parvozlar kechiktirildi:

- "Utair" aviakompaniyasining UT-789 Moskva - Farg'ona parvozi (Toshkentdagi muqobil aerodromga yo'naltirildi. UT-790 Farg'ona - Moskva parvozi ob-havo sharoiti yaxshilanishini kutmoqda);

- "S7" aviakompaniyasining S76323 Irkutsk – Farg‘ona – Irkutsk parvozi (Irkutsksdan uchish 22.12.2023 sanasiga Toshkent vaqti bilan soat 18:00ga qoldirildi).

Parvozlar jadvalidagi o'zgarishlar haqidagi batafsil ma'lumotlarni aviakompaniya vakillaridan olishingiz mumkin.

21 Dec, 2023