“Ural Airlines” aviakompaniyasining Qarshi – Moskva reysi texnik sabablarga ko‘ra bekor qilindi
Rossiyaning “Ural Airlines” aviakompaniyasining Qarshi – Moskva yo‘nalishi bo‘yicha U62128 reysi texnik sabablarga ko‘ra bekor qilindi. Bortida 154 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot 14-aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 05:35 da havoga ko‘tarilishi kerak edi.
Ayni damda ushbu reys yo‘lovchilari mehmonxonaga joylashtirildi. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yoʻlovchilar “Ural Airlines”ning boshqa reyslarida oʻz manziliga joʻnatiladi.
Parvoz holati haqida batafsil ma'lumot olish uchun aviakompaniya vakiliga murojaat qilish mumkin.
14 Apr, 2025