Clinics and Pharmacies

Farg'ona aeroportida spotting-tur uchun arizalarni qabul qilish boshlandi.

“Uzbekistan Airports” Farg'ona xalqaro aeroporti hududida professional spotting-tur uchun arizalarni qabul qilish ochilganini e'lon qiladi. Tadbirning taxminiy sanasi - 2025-yil 1- may.

Spotting-turda barcha xohlovchi spotterlar ishtirok etishi mumkin. Buning uchun e.xojimatov@uzairports.com elektron manziliga arizani "word" formatida yuborish va pasport skanerini ilova qilish lozim. Arizalarni qabul qilish 18-aprel kuni soat 18:00 da yakunlanadi.

Arizalarni tanlashda quyidagi nomzodlarga ustunlik beriladi:

• professional foto va video uskunalari bo'lgan;

• aviatsiya mavzularida o'zining tematik veb-sayti/blogi/ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari borligi

• professional spotterlar resurslarida nashrlarida chop etilgan yoki suratlari joylashtirilgan bo'lishi (www.jetphotos.com, www.airliners.net, www.planespotters.net va boshqalar).

Agar ishtirok etish uchun yuborgan arizangiz maqullansa, sizga 2025-yil 27-aprelgacha javob xati yuboriladi. Ishtirokchilar soni cheklangan.

Spotting uchun ariza na'munasi.docx

15 Apr, 2025