Clinics and Pharmacies

"Uzbekistan Airports" kompaniyasida donorlik kuni bo‘lib o‘tdi

15-aprel kuni Toshkent aeroporti ichki aviaqatnovlar terminalida "Donorlik kuni" boʻlib oʻtdi, unda “Uzbekistan Airports” va uning tarkibidagi tashkilotlar xodimlari qon yigʻish tadbirida ishtirok etdi.

"Uzbekistan Airports"da "Donorlik kuni" allaqachon an’anaga aylangan va har uch oyda bir marta Respublika qon quyish markazi bilan hamkorlikda o‘tkazib kelinmoqda. Mahalliy aviaqatnovlar terminalining tibbiyot punktida mobil bo'linma joylashtirildi, u yerda barcha qon topshirishga istak bildirgan xodimlar qon topshirish jarayonini amalga oshirdilar.

"Biz donorlik qoni naqadar muhimligini tushunamiz – u operatsiyalar, og‘ir jarohatlar, yo‘l-transport hodisalari va saraton kasalligini davolashda juda zarur. Ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad og'ir holda bo'lgan insonlarga yordam berish uchun yangi donorlarni jalb etishdan iborat. Respublika qon quyish markazi bilan birgalikda bu kabi tadbirlarning yuksak ijtimoiy ahamiyatini tushuntirish orqali Donorlik kunlarini muntazam o‘tkazish va imkon qadar ko‘proq xodimlarni jalb etishga harakat qilamiz" - deya izoh berdi "Uzbekistan Airports" kompaniyasi.

Ixtiyoriy aksiyada jami 53 kishi ishtirok etdi va mutaxassislar 26 litr donorlik qoni to‘plashga muvaffaq bo‘lishdi.

17 Apr, 2025