Toshkent aeroportida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi tantanali ravishda kutib olindi
Bugun, "Flyadeal" aviakompaniyasining Jiddadan uchgan va bortida 2025 yilgi futbol bo'yicha Osiyo Kubogida (U-17) ishtirok etgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bo'lgan samolyot Toshkent vaqti bilan soat 20:04 da poytaxt aeroportiga kelib qo‘ndi.
Turnir davomida O‘zbekiston terma jamoasi chempionatning barcha bosqichlaridan ishonchli tarzda o‘tib, yorqin o‘yin namoyish etdi. Futbolchilarimiz finalda Saudiya Arabistoni terma jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etib, Osiyo chempioni degan nomga sazovor bo‘lishdi.
Jamoani g‘alaba bilan qutlash maqsadida Toshkent aeroportida tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Chempionlarni tabriklash uchun mutasaddi rahbarlar, sportchilar, murabbiylar, shuningdek, jamoa futbolchilarining yaqinlari yetib kelishdi.
22 Apr, 2025