“Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyatida rahbar va yoshlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Unda, “Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi raisi hamda tizim tasarrufidagi korxonalarda faoliyat yuritayotgan yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida rahbar va yoshlar o‘rtasida ochiq muloqotlar tashkil etilishi bilan birga, amalga oshirilgan ishlar sarhisobi hamda kelgusi yil rejalari muhokama qilindi. Yoshlar siyosati doirasida olib borilayotgan ustuvor ishlar natijadorligi hamda kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
Uchrashuv yakunida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga Jamiyat rahbarlari tomonidan javob olishdi.
22 Dec, 2023