Toshkent xalqaro aeroportida TDTU talabalari uchun ochiq eshiklar kuni
Uzbekistan airports" AJ va Toshkent davlat transport universiteti o‘rtasidagi hamkorlik doirasida 23-aprel kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida talabalar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi. Tadbir aviatsiya mutaxassisliklariga qiziqishni oshirish va yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida tashkil etildi.
Aviatsiya transport muhandisligi fakulteti talabalari aerodrom xizmati, parvozlarni elektr-yoritish va texnikaviy ta’minlash xizmatlari hamda mahalliy avialiniyalarning ishi bilan tanishib chiqdi. Aeroport mutaxassislari samolyotlarning uchish-qo‘nish yo‘laklari va texnik ko‘rsatkichlari haqida batafsil ma’lumot berib, talabalarni qiziqtirgan savollariga atroflicha javob qaytarishdi.
25 Apr, 2025