"Uzbekistan Airports" kompaniyasi ayollar uchun ko‘p formatli “timbilding” tadbirini o‘tkazdi
O‘tgan dam olish kunlari Bo‘stonliq tumanida “Uzbekistan Airports” boshqaruv kompaniyasi hamda uning tarkibiga kiruvchi korxonalarning ayol xodimlari uchun ko‘p formatli “timbilding” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir doirasida “Boshqaruv raisi kubogi” uchun voleybol sport turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi, mutaxassislar tomonidan mehnat muhofazasi, gender tengligi va psixologiya kabi muhim mavzularda ma’ruzalar tayyorlandi. Tadbir yakunida ishtirokchilar va ma’ruzachilar o‘zaro fikr almashishdi va ko‘plab foydali ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Bunday tadbirlarni o‘tkazish ijtimoiy siyosat va xodimlarni qo‘llab-quvvatlashga katta e’tibor qaratilayotgan “Uzbekistan Airports” uchun an’anaga aylandi.
06 May, 2025