Clinics and Pharmacies

"T'way Air" Seuldan Toshkentga parvozlarni yo'lga qo'ymoqda

Janubiy Koreyaning "T'way Air" aviakompaniyasi Seul-Toshkent-Seul yo'nalishi bo'yicha muntazam yo'lovchi qatnovlarini yo'lga qo'yishni rejalashtirgan. Birinchi reys joriy yilning 23-may kuniga belgilangan.

Parvozlar haftasiga to‘rt marta – dushanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari Boeing 777-300 va Airbus A330-300 samolyotlarida amalga oshirilishi kutilmoqda.

"T'way Air" - 2010- yilda tashkil etilgan va bosh qarorgohi Seulda joylashgan Janubiy Koreyaning arzon aviakompaniyasi.

07 May, 2025