Clinics and Pharmacies

Yuk terminalida gilos eksporti masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Bugun, 8-may kuni havo yuk tashuvlari sektori vakillari: "Uzbekistan Airways", "Flykhiva", "MyFreighter", Koreyaning "T'Way Air" aviakompaniyalari, mahalliy eksportchilar, bojxona xodimlari va "Uzbekistan Airports Cargo" rahbariyati oʻrtasida ishchi uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda gilos eksportini tashkil etish bilan bog‘liq masalalar: yangi yuk terminali hududida mahsulotlarni saqlash shartlari, tariflar, parvozlar yo‘nalishlari va chastotasi muhokama qilindi. Yuk tashish tartibi bilan bog'liq dolzarb muammolarga, shuningdek, logistika jarayonida eksportchilar duch keladigan fors-major holatlariga alohida e'tibor qaratildi.

Yig‘ilishning asosiy qismidan so‘ng ishtirokchilar yangi yuk terminali, undagi infratuzilma va mahsulotlarni saqlash sharoitlarini ko'zdan kechirishdi. Uchrashuv konstruktiv muloqot va eksport zanjirining barcha ishtirokchilarining birgalikdagi harakatlarini muvofiqlashtirish uchun muhim qadam bo‘ldi.

2024-yilda havo yuklari orqali gilos eksporti asosan Rossiya, BAA va Saudiya Arabistoni kabi davlatlarga 1420 tonnani tashkil etdi.

08 May, 2025