Clinics and Pharmacies

"Panorama Airways" aviakompaniyasining Toshkent – Madina yoʻnalishi boʻyicha parvozlari 12 soatdan koʻproqqa kechiktirildi

“Panorama Airways” aviakompaniyasining Toshkent – Madina yo‘nalishi bo‘yicha 5P5381 va 5P5369 reyslari poytaxt aeroportida samolyotlarning kech yetib kelgani sababli 12 soatdan ortiq kechiktirildi.

Aviakompaniya yo'lovchilarni ichimliklar va issiq ovqat bilan ta'minlab, mehmonxonada joylashtirishni taklif qildi.

Har ikki reys ham yaqin soatlarda manzil aeroportiga jo‘nab ketishi rejalashtirilgan.

Parvoz jadvaliga kiritilgan o'zgartirishlar to'g'risidagi batafsil ma'lumotlarni aviatashuvchidan olish mumkin.

23 Dec, 2023