Clinics and Pharmacies

Toshkent aeroportida kitob va muzqaymoq do‘konlari ochiladi

"Uzbekistan Airports" kompaniyasi E-auksion.uz elektron platformasida Toshkent xalqaro aeroportida ijaraga beriladigan bir nechta lotlarni joylashtirdi.

Xalqaro aviaqatnovlar terminalining uchish zalining ro‘yxatdan o‘tish va “steril” hududida ikkita muzqaymoq sotish nuqtasi (https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=15017079) tashkil etish uchun lot kim oshdi savdosiga qo‘yildi. Umumiy maydoni 8 kv.m bo'lgan lotning boshlang'ich yillik narxi 192 million so‘mni tashkil etadi.

Shuningdek, kitob do‘konlari uchun ikkita joy mavjud bo‘lib, birinchisi xalqaro aviaqatnovlar terminalining (https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=15017077) "steril" hududida 18 kv.m. va boshlang‘ich yillik narxi 108 million so‘m, ikkinchisi mahalliy aviaqatnovlar terminalida (https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=14947843) 20 kv.m maydonda boshlang‘ich yillik narxi 48 million so‘m bo‘lgan lotlar joylashtirildi.

CIP uchib ketish zalida SIM-kartalarni sotish nuqtasini (https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=15017074) tashkil etish uchun 3 kv.m maydon kim oshdi savdosiga qo'yiladi. Lotning yillik boshlang‘ich bahosi – 1,4 mlrd so‘m.

Mahalliy aviaqatnovlar terminalida ham SIM-kartalarni sotish nuqtasi (https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=15017075)ni tashkil etish uchun maydoni 3 kv.m boʻlgan lot boshlangʻich yillik narxi 108 million soʻm bilan auksionga qoʻyiladi.

Samolyotga texnik xizmat ko'rsatish uchun perronga chiqish imkoniga ega aviakompaniyalar ofisini (https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=15017078) joylashtirish uchun 78,55 kvadrat metr maydon ham kim oshdi savdosiga qo'yiladi. Lotning boshlang‘ich yillik bahosi – 593 838 000 so‘m. Samolyotlarni tozalash xizmatini tashkil qilish uchun (https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=15017076) ikkita lot auksionga qo'yilmoqda: birinchisi boshlang'ich yillik narxi 402 mln so‘m bo'lgan 53,21 kv.m. maydon, ikkinchisi (https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=15017433) boshlang‘ich narxi 131 mln so‘m bo'lgan 17,36 kv.m. maydon.

Ushbu auksionlar joriy yilning 22-may kuni E-auksion.uz elektron platformasida bo‘lib o‘tadi. Eslatib o‘tamiz, auksionda ishtirok etuvchi kompaniyalar texnik shartlarga mos kelishlari shart. Ijarachilarga qo'yiladigan talablar va boshlang'ich narxlar E-auksion veb-saytida barcha lotlar bo'yicha mavjud. Kim oshdi savdosi qoidalariga ko'ra, dastlabki yillik narxlar savdo paytida kamida 10% ga oshishi mumkin.

08 May, 2025