Clinics and Pharmacies

Aviatsiya sohasi vakillari qahramonlar xotirasiga hurmat bajo keltirdilar

9-may kuni “Toshkent” xalqaro aeroportida Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda “Uzbekistan Airports”, “Uzbekistan Airways”, “Toshkent” xalqaro aeroporti, O‘zbekiston aviatsiya sohasi ishchilari kasaba uyushmasi Respublika kengashi, Uzaeronavigatsiya markazi, shuningdek, O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi faxriylari ishtirok etdi.

Aviatsiya sohasi rahbarlari tantanada nutq so‘zlab, ushbu bayramning ahamiyatini, qahramonlarning kelajak avlodlar uchun xizmatlarini e'tirof etdilar. Bayram dasturidan so‘ng mamlakatimiz aviatsiya sohasi vakillari Xotira yodgorligi poyiga gul qo‘yib, qahramonlarimizni bir daqiqalik sukut bilan yodga oldilar.

09 May, 2025