Toshkent xalqaro aeroporti xodimi “Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Xalqaro oila kuni arafasida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi saroyida ushbu kunga bag‘ishlangan va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Marosimda jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shayotgan ibratli oilalarni taqdirlash maqsadida ta’sis etilgan “Ibratli oila” mukofoti topshirildi.
Respublika komissiyasi qarori bilan faxriy unvon “Toshkent” aeroportida faoliyat yurituvchi “Uzbekistan Airports Handling” kompaniyasining Yo‘lovchilar tashuvini tashkillashtirish xizmati rahbari Nigora Pulatovaga berildi. Nigora Pulatovaning nomzodi "Uzbekistan Airports" boshqaruv kompaniyasi tomonidan ilgari surilgan va o‘zining ham shaxsiy, ham kasbiy hayotida oilaviy ahillik, o‘zaro hurmat va mas’uliyatni namoyon etgani uchun ushbu mukofotga munosib deb topildi.
Takidlash joiz, ikkinchi avlod aviatsiya xodimi Nigora Akbardjanovna Pulatova qariyb 30 yildan buyon Toshkent xalqaro aeroportida ishlab kelmoqda. U oddiy agenti lavozimidan aeroportning yirik va muhim bo‘linmasi boshlig‘i hamda yoshlarga murabbiylik darajasiga ko‘tarildi.
14 May, 2025