“Uzbekistan Airports” jamoatchilik vakillarini ochiq muloqotga taklif qiladi
2025-yil 21-may kuni Namangan xalqaro aeroportida “Uzbekistan Airports” Boshqaruv raisi o‘rinbosarlarining Sayyor qabuli bo'lib o'tadi.
Tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad — aeroport faoliyati haqida jamoatchilikka axborot berish, xizmat ko'rsatish jarayonlarini takomillashtirish va ishga kirish masalalarida tushuntirishlar berish.
Uchrashuvda asosiy e'tibor:
- ishga kirish tartibi
- aeroportning yosh mutaxassislari bilan ochiq muloqot
- xodimlarni rag‘batlantirish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari
- ichki jarayonlarni raqamlashtirish va optimallashtirish bo‘yicha tashabbuslar
- aeroport infratuzilmasini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratishga qaratiladi.
Shuningdek, fuqarolar va tadbirkorlarning murojaatlari o‘rnatilgan tartibda ko'rib chiqiladi.
📅 Sana: 21.05.2025
🕒 Vaqti: 11:00 – 12:30
📍 Manzil: Namangan xalqaro aeroporti
Sayyor qabulda ishtirok etish niyatida bo'lgan OAV vakillari “Uzbekistan Airports” AJ Matbuot xizmatiga pr@uzairports.com elektron manzili yoki +998 55 501 45 55 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin.
16 May, 2025