❗️Rossiya Federatsiyasiga uchayotgan yo'lovchilar diqqatiga
2025-yil 30-iyundan boshlab Rossiya Federatsiyasi hududiga chet el fuqarolari kirishi uchun maxsus QR kod talab qilinadi.
Chegarani kesib o'tishda taqdim etiladigan ushbu QR kodni "Госуслуги Ru ID" ilovasi orqali ro'yxatdan o'tish orqali olish mumkin. Ariza Rossiya Federatsiyasiga kirishdan kamida 72 soat oldin topshirilishi kerak.
Ro'yxatdan o'tish uchun sizga:
- ilovada shaxsiy akkaunt yaratish;
- fotosuratlar va shaxsiy ma'lumotlarni yuklash;
- rejalshtirilayotgan qolish sanalarini ko'rsatish lozim bo'ladi.
‼️ Favqulodda vaziyatlarda (kasallik, qarindoshning vafoti) ariza Rossiya Federatsiyasiga kelishidan kamida 4 soat oldin topshirilishi mumkin.
6 yoshgacha bo'lgan bolalar va viza yoki vaqtinchalik yashash uchun/yashash uchun ruxsatnomasi bor yo'lovchilar oldindan ro'yxatdan o'tishdan ozod qilinadi.
6 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun arizalar ularning ota-onasi yoki qonuniy vakillar tomonidan, agar ularning o'zlarida kirish ruxsatnomasi bo'lgan taqdirda, topshirilishi kerak.
"Uzbekistan Airports" barcha yoʻlovchilarni xorijiy davlatlarga kirish qoidalariga rioya qilishni soʻrab qoladi.
19 May, 2025