"UTair" aviakompaniyasining Moskva — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozi 12 soatdan ko‘proqqa kechiktirildi
Rossiyaning UTair UT806 aviakompaniyasining Moskva — Toshkent yoʻnalishi boʻyicha Toshkent vaqti bilan soat 18:30 da joʻnab ketishi kerak boʻlgan parvozi Moskvaning “Vnukovo” aeroportida 12 soatdan koʻproqqa kechiktirildi. Shu tariqa, samolyot kech yetib kelgani sababli parvoz Toshkent vaqti bilan 04:55 (26.12.2023) ga qoldirildi.
Parvoz jadvaliga kiritilgan o'zgartirishlar to'g'risidagi batafsil ma'lumotlarni aviatashuvchidan olish mumkin.
26 Dec, 2023