Aeroportda meteorologik xizmat qanday ishlaydi?
Yo‘lovchilar terminalda yoki samolyotda uchishni kutayotganda, parvozlar xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘ruvchi jamoa - aeroportning meteorologik xizmati tinim bilmaydi. Ushbu mutaxassislar ob-havoni kecha-yu kunduz kuzatib boradi va ma’lumotlarni uchuvchilar, dispetcherlar va yerdagi xizmatlarga uzatib turadi. Ularning vazifasi shamol, tuman, momaqaldiroq va boshqa noqulay ob-havo sharoitlari va parvozlarning amalga oshirilishiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan holatlar haqida o‘z vaqtida xabar berishdir.
⛈ Meteorologlar nima ish qiladi?
• uchish qo‘nish yo‘lagida gorizontal va vertikal ko‘rinish chegarasini qayd etish;
• harorat, bosim, bulutlilik, namlikni o‘lchash;
• shamol yo‘nalishi va kuchini kuzatish;
• momaqaldiroq, turbulentlik yoki muzlash xavfini prognoz qilish;
• ekipaj va dispetcherlar uchun prognoz va hisobotlarni ishlab chiqadi.
🖥Meteorologlarga aerodromdagi asosiy atmosfera parametrlari bo‘yicha tun-u-kun, uzluksiz o‘lchash va meteorologik ma’lumotlarni yig‘ish uchun mo‘ljallangan yuqori texnologik KRAMS-4 tizimi (Kompleks radiotexnika aerodrom meteorologik stansiyasi) amaliy yordam ko‘rsatadi. Bu aeroportning haqiqiy “meteorologiya markazi” bo‘lib, “O‘zgidromet” tomonidan tartibga solinadi va real vaqt rejimida uchish-qo‘nish yo‘lagi hududida ob-havo sharoitini kuzatishga yordam beradi.
✈️ Aniq ob-havo ma’lumotlarisiz havo harakatini xavfsiz boshqarish imkonsizdir. Har bir parvoz nafaqat uchuvchilar, dispetcherlar va yer usti xizmatlari, balki parvozlar uchun nima tayyorlab qo‘yganini birinchilar qatorida biladigan meteorologlarning muvofiqlashtirilgan ishi natijasidir.
21 May, 2025