Clinics and Pharmacies

"Uzbekistan Airports" kompaniyasida "Rais kubogi – 2025" g‘oliblari aniqlandi

Joriy yilning 24-may kuni Toshkent shahrida “Uzbekistan Airports” kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan futbol bo‘yicha korporativ chempionatning uzoq kutilgan final uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

3-o‘rin uchun kechgan bahsda Qarshi va Namangan aeroportlari jamoalari to‘qnash kelishdi. Keskin va murosasiz o‘tgan o‘yinda Namangan aeroporti jamoasi chidamlilik va a’lo darajadagi tayyorgarlikni namoyish etib minimal 0:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Turnir finali “Uzbekistan Airports Handling” va Navoiy aeroporti jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Mazkur o‘yinda Navoiy aeroporti jamoasi 4:2 hisobida g‘alaba qozonib, 2025-yil "Uzbekistan Airports" raisi kubogini qo'lga kiritdi.

"Uzbekistan Airports" rahbariyati barcha ishtirokchilarga, tashkilotchilarga va muxlislarga faol ishtiroki, jamoaviy ruh va korporativ qadriyatlarga sodiqligi uchun samimiy minnatdorchilik bildiradi.

26 May, 2025