Toshkent aeroportida "Fast Track", "CIP" va Anor zalida qolish xizmatlarini qanday qilib oldindan xarid qilish mumkin?
Siz Toshkent xalqaro aeroportida “Fast Track”, shuningdek, Anor va “CIP” zallarida qolish xizmatlarini ikki usulda oldindan xarid qilishingiz mumkin:
🔹Rasmiy Telegram boti — @uzairportsBot orqali. Buning uchun botni ishga tushirish, Toshkent aeroporti, jo‘nash terminali va kerakli reysni tanlash lozim. Shundan so'ng bot sizdan familiyangizni va ismingizni lotin tilida kiritishingizni so'raydi. Xizmat haqini Uzcard yoki Humo bank kartalari orqali to'lash mumkin.
🔹+99855 501 45 55 raqami orqali yagona Aloqa markazidan. Buning uchun yoʻlovchi operatorga oʻzining toʻliq ismi-sharifi, jo'nash sanasi, parvoz raqami va aloqa telefon raqamini maʼlum qilishi kerak. Ko‘rsatilgan raqamga xizmat tavsifi va "Payme" to‘lov tizimi orqali to‘lash uchun havola ko‘rsatilgan SMS xabar yuboriladi. "Payme" mobil ilovasi oʻrnatilmagan boʻlsa, toʻlovni amalga oshirish uchun karta maʼlumotlarini kiritishingiz kerak boʻladi.
Telegram bot yoki Aloqa markazi orqali xizmat sotib olinganda yo‘lovchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aeroportda xizmat ko‘rsatiladigan joyga murojaat qilishi va to‘liq ismi-sharifi va parvoz raqamini ko‘rsatishi lozim.
"Fast Track", "CIP" va Anor zallarida qolish xizmatlari haqida batafsil ma’lumotni Uzbekistan Airports rasmiy sayti — www.uzbairports.com orqali olishingiz mumkin.
26 Dec, 2023