Clinics and Pharmacies

"Uzbekistan Airports" kompaniyasining vakansiyalar sayti yangilandi

“Uzbekistan Airports” kompaniyasi va uning tarkibiy tuzilmalarida barcha bo‘sh ish o‘rinlari endi yangilangan job.uzairports.com sayti orqali e’lon qilinadi (eski manzil vacancyuzairports.uz).

Bo‘sh ish o‘rinlari uchun ochiq tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi harakatlarni bajarish lozim:

- saytda ro‘yxatdan o‘tish;

- shaxsiy kabinet orqali nomzod shaklini to‘ldirish;

- bo‘sh lavozimga ariza topshirish.

Shuni ta’kidlash joizki, ma’lumotlarni kiritishda nomzodlar barcha maydonlarni to‘ldirishlari shart. Agar ma’lumotlar to‘liq bo‘lmasa, yuborilgan ariza rad etilishi mumkin. Arizani yuborgandan so‘ng, shaxsiy akkauntni tekshirib turish lozim, chunki tanlovning borishi va uning natijalari to‘g‘risida bildirishnomalar u yerga yuboriladi.

04 Jun, 2025