Xitoyga vizasiz sayohat: qaysi aviakompaniyalar mamlakatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘lagan
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 2025-yil 1-iyundan boshlab qisqa muddatli sayohatlar uchun vizasiz rejim amal qilmoqda.
📌 Bu nimani anglatadi?
Har ikki davlat fuqarolari ikki davlat hududida 30 kungacha vizasiz bo‘lishlari mumkin, ular 180 kun ichida umumiy 90 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga sayohat qilishlari mumkin.
📌 Istisnolar!
Vizasiz rejim ish, ta’lim va ommaviy axborot vositalari faoliyatiga, shuningdek, Gonkong va Makao maxsus ma’muriy hududlariga tashrif buyurishga tatbiq etilmaydi.
📌 O‘zbekistondan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar
Bugungi kunda oltita aviakompaniya tomonidan Xitoyga haftasiga 29 ta to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar amalga oshiriladi.
"Uzbekistan Airways":
Toshkent - Pekin - haftasiga 3 ta reys (dushanba, chorshanba, shanba);
Toshkent – Urumchi — haftasiga 3 ta reys (seshanba, juma, yakshanba);
Toshkent – Xanchjou — haftasiga 2 reys (payshanba, yakshanba);
Farg‘ona – Urumchi — haftasiga 1 ta reys (juma).
“Qanot Sharq”:
Toshkent – Guanchjou — haftasiga 2 ta reys (dushanba, payshanba);
Toshkent – Sanya — haftasiga 1 ta reys (payshanba).
🔜 Haftada yana 6 ta reys qo‘yilishi rejalashtirilgan.
"Centrum Air":
Toshkent – Guanchjou — haftasiga 2 ta reys (chorshanba, yakshanba).
"China Southern Airlines":
Toshkent – Pekin — haftasiga 4 ta reys (dushanba, chorshanba, juma, yakshanba);
Toshkent – Urumchi — haftasiga 4 ta reys (seshanba, chorshanba, payshanba, shanba);
Samarqand – Urumchi — haftasiga 1 ta reys (yakshanba).
"Loong Air":
Toshkent – Chengdu — haftasiga 3 ta reys (dushanba, chorshanba, juma);
Toshkent – Sian — haftasiga 3 ta reys (seshanba, payshanba, shanba).
Shuningdek, iyul oyidan boshlab "Air China" aviakompaniyasi Pekin – Toshkent – Pekin (haftasiga 3 ta reys) va Urumchi – Toshkent – Urumchi (haftasiga 3 reys) yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yishi kutilmoqda.
09 Jun, 2025