Clinics and Pharmacies

Haj ziyoratini ado etgan ilk yurtdoshlarimiz Toshkentga qaytishdi

Bortida 245 nafar ziyoratchi bo’lgan HY-5304 reysi bilan Jiddadan kelgan “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining samolyoti 12-iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:30 da Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi.

Kelgan ziyoratchilarni poytaxt aeroportining uchub kelish zalida yaqinlari va qarindoshlari kutib oldi. Voliyatlardan kelgan ziyoratchilarni zal oldida maxsus avtobuslar kutib oldi.

12-30 iyun kunlari Jiddadan Toshkent, Namangan, Qarshi, Samarqand, Buxoro, Urganch va Nukus shaharlariga jami 62 ta reys rejalashtirilgan bo‘lib, ularda 15 150 nafar ziyoratchilar Haj safaridan qaytadi.

12 Jun, 2025