❗️“Uzbekistan Airports” Andijon viloyati jamoatchilik vakillarini ochiq muloqotga taklif qiladi
2025-yil 25-iyun kuni Andijon xalqaro aeroportida “Uzbekistan Airports” boshqaruvi raisi o‘rinbosarlarining Sayyor qabuli bo'lib o'tadi.
Sayyor qabulda aeroport faoliyatiga doir fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqiladi, aeroport tizimidagi o‘zgarishlar, infratuzilmasini rivojlantirish, qurilish va obodonlashtirish ishlari haqida jamoatchilikka axborot beriladi hamda ishga kirish tartibi tushuntiriladi.
Jismoniy va yuridik shaxslar aeroport faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha murojaat etishlari mumkin.
📅 Sana: 25.06.2025
🕒 Vaqti: 11:00 – 13:00
📍 Manzil: Andijon xalqaro aeroporti
Sayyor qabulda ishtirok etish niyatida bo'lgan OAV vakillari “Uzbekistan Airports” AJ Matbuot xizmatiga pr@uzairports.com elektron manzili yoki +998 55 501 45 55 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin.
17 Jun, 2025