Clinics and Pharmacies

“Uzbekistan Airports” Buxoro viloyati jamoatchilik vakillarini ochiq muloqotga taklif qiladi

2025-yil 27-iyun kuni Buxoro xalqaro aeroportida “Uzbekistan Airports” boshqaruvi raisi o‘rinbosarlarining Sayyor qabuli bo'lib o'tadi.

Sayyor qabulda fuqarolarning aeroport faoliyatiga doir murojaatlari ko‘rib chiqiladi, aeroport tizimidagi o‘zgarishlar, infratuzilmasini rivojlantirish, qurilish va obodonlashtirish ishlari haqida jamoatchilikka axborot beriladi hamda ishga kirish tartibi tushuntiriladi.

Jismoniy va yuridik shaxslar aeroport faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha murojaat etishlari mumkin.

📅 Sana: 27.06.2025

🕒 Vaqti: 09:00 – 11:00

📍 Manzil: Buxoro xalqaro aeroporti

Sayyor qabulda ishtirok etish niyatida bo'lgan OAV vakillari “Uzbekistan Airports” AJ Matbuot xizmatiga pr@uzairports.com elektron manzili yoki +998 55 501 45 55 telefon raqami orqali murojaat qilishlari

mumkin.

20 Jun, 2025