Clinics and Pharmacies

Uy hayvonlari bilan sayohat qilish paytida bilish muhim bo‘lgan qoidalar

Uy hayvonlarini O‘zbekiston aeroportlari orqali tashish ham yo‘lovchilar, ham to‘rt oyoqli do‘stlar uchun qulaylik va xavfsizlikni ta’minlash uchun bir qator talablar bilan tartibga solinadi.

E’tibor berish lozim bo‘lgan asosiy talablar:

Oldindan bron qilish.

Chipta sotib olayotganda uy hayvonlarini tashishingiz haqida har doim aviakompaniyaga xabar berish.

Bortda uy hayvonlari uchun joylar soni cheklanganligini hisobga olish.

Terminal ichida harakatlanish.

Terminal hududida hayvon kattaligi va turidan qat’i nazar, tashuvchi yoki konteynerlarda olib yurilishini inobatga olish.

Tashishga ruxsat etilgan hayvonlar:

Aviakompaniya qoidalariga ko‘ra, og‘irligi 8 kg gacha bo‘lgan it va mushuklarni (konteyner bilan birga) samolyot bortida tashish mumkin.

Katta hayvonlar faqat bagaj bo‘limida tashiladi.

❗️Istisno - tegishli hujjatlar bo‘lgan taqdirda, hamrohlik qiluvchi itlarga ruxsat etiladi.

Tashuvchi/konteynerga qo‘yiladigan talablar:

📦 Hayvon tagi qattiq va ventilyatsiyasi bo‘lgan tashuvchi/konteynerda bo‘lishi kerak.

📏 Konteynerning o‘lchami uy hayvonining turishi, aylanishi va yotishiga imkon berishi kerak.

💼 Tashuvchi qo‘l yuki hisoblanadi.

Yuk tashish uchun hujjatlar:

✅ Emlash haqida belgilar bo‘lgan veterinariya pasporti.

✅ Salomatlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (jo‘nab ketishdan 3-5 kun oldin rasmiylashtiriladi).

✅ Xalqaro reyslar uchun - xalqaro veterinariya sertifikati.

🌍 Muhim: ba’zi mamlakatlarda mikrochiplash va quturish bo‘yicha test o‘tkazish talab etiladi – borish mamlakati qoidalarini oldindan bilib olish lozim.

Tekshiruvdan o‘tish:

🔎 Tekshiruvdan o‘tayotganda uy hayvonini konteynerdan vaqtinchalik chiqarish kerak (xizmat talabiga binoan).

Konteyner alohida tekshiruvdan o‘tkaziladi, hayvon qo‘lda olib o‘tiladi.

Xalqaro reyslarning xususiyatlari:

🌐 Har bir mamlakat va aviakompaniya tomonidan hayvonlarni olib kirish va tashish bo‘yicha qoidalar o‘rnatilgan - uchishdan oldin barcha kerakli ma’lumotlarni:

- tashuvchining veb-saytida;

- borish mamlakati konsulligi yoki nazoratchi organlari veb-saytidan bilib olish lozim.

Barcha xalqaro aeroportlarda veterinariya nazorati xizmati mavjud bo‘lib, ular jo‘nab ketish yoki uchib kelish chog‘ida hujjatlarni, hayvonlarning holatini tekshirishlari mumkin.

📞 Aviakompaniya bilan oldindan bog‘lanishingizni va parvoz oldidan barcha tafsilotlarni aniqlab olishingizni tavsiya qilamiz.

02 Jul, 2025