Toshkent xalqaro aeroportida xalqaro sim kartalarni sotish nuqtalari mavjud
Hozirgi kunga kelib uchib ketish zalining birinchi qavatida GLOBAL SIM sim kartalar sotish nuqtalari mavjud. Bu yerdan Rossiya Federatsiyasining sim kartalarini ham bepul rasmiylashtirish mumkin.
Shuningdek, uchib ketish terminalining steril hududida "Happytel" brendi ostida xalqaro sim kartalarni sotish shoxobchasi faoliyat olib bormoqda.
Ta’kidlash lozim, aeroport hududidagi barcha savdo nuqtalari singari sim karta do‘konlari ham 24/7 rejimida ishlaydi.
Ma’lumot uchun: aeroport hududida ayrim shaxslar tomonidan tarqatilayotgan sim kartalar norasmiy maqomga ega bo‘lib, ular tomonidan tarqatilgan sim kartalarning ishlashi uchun aeroport javob bermaydi.
04 Jul, 2025