Clinics and Pharmacies

♿️ Imkoniyati cheklangan yo‘lovchilarga Toshkent aeroportida qanday sharoitlar yaratilgan

Toshkent xalqaro aeroportida imkoniyati cheklangan yo‘lovchilarga qulay va xavfsiz xizmat ko‘rsatish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

🔹 Aeroportda xizmat ko'rsatish davomida doimiy hamrohlik oldindan soʻrov boʻyicha amalga oshiriladi. Yoʻlovchi terminalga kirish oldida kutib olinadi, zarurat tugʻilganda nogironlar aravachasi beriladi, roʻyxatdan oʻtish joyiga kuzatib qoʻyiladi, xavfsizlik tekshiruvlaridan o'tish va bortga chiqishda hamrohlik qilinadi.

🔹 Ambulift - nogironlarni samolyot saloniga olib chiqish va tushirish uchun mo'ljallangan maxsus transport. Ambulift ikki tomondan ochiladigan keng, yopiq kuzovli transport vositasi. U nogironlar aravachasidagi, zambilda yotgan yo'lovchilar va hamrohlik qiluvchi xodimlar uchun mo'ljallangan.

🔹 Moslashtirilgan infratuzilma

Panduslar, liftlar, keng yo‘laklar, sanitariya xonalari va maxsus ro‘yxatga olish joylari o‘rnatilgan.

Xususan, poytaxt aeroportining uchib kelish va uchib ketish zallari ko‘zi ojiz va ko‘zi ko‘rmaydigan yo'lovchilar uchun qulay muhitni tashkil etishning taktil texnik vositalari, taktil piktogramma va ko‘rsatkichlar, taktil mnemonik diagrammalar, shuningdek, yordam chaqirish tugmalari bilan jihozlangan.

🔹 Ustuvor tarzda xizmat ko‘rsatish

Nogironligi bo‘lgan yo‘lovchilarga navbatsiz xizmat ko‘rsatiladi va bortga chiqishi ta'minlanadi.

🔹 Maxsus avtoturargohlarda

terminalga kirish yaqinida bepul to'xtash joylari tashkil etilgan.

📝 Mazkur xizmatlardan foydalanish uchun aviakompaniya yoki aeroportning aloqa markaziga oldindan xabar qoldirish kerak boʻladi.

📞 Aloqa markazi telefon raqami: +998 55 501 45 55

07 Jul, 2025