Clinics and Pharmacies

⚡️“Fly Khiva” reysi kechiktirilgani yuzasidan rasmiy xabar

“Fly Khiva” aviakompaniyasining Toshkent – ​​Sharm al-Shayx – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 2U-5501/2U-5502 reysi Toshkent aeroportida texnik sabablarga ko‘ra kechiktirildi.

Ayni paytda yo‘lovchilar terminalning steril zonasida bo‘lib, issiq ovqat bilan ta’minlangan, aviakompaniya vakillari esa ularning barcha murojaatlariga tezkorlik bilan javob bermoqda.

Shuni ta'kidlash joizki, reys kechiktirilgan taqdirda aviakompaniya yo'lovchilarni mehmonxonaga joylashtirish, oziq-ovqat va transport bilan ta'minlash choralarini ko’radi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, reys mahalliy vaqt bilan soat 18:20 da belgilangan manzilga jo‘naydi.

Parvoz holati haqida batafsil ma'lumot olish uchun aviakompaniyaga murojaat qilishingiz mumkin.

UPD: Samolyot manzil aeroportiga uchib ketdi.

08 Jul, 2025