Clinics and Pharmacies

“Uzbekistan Airports” tog‘li hududlarda "teambuilding" o‘tkazdi

Dam olish kunlari kompaniya xodimlari va ularning oila a’zolari Yangioboddagi dam olish maskanida qizg‘in va maroqli "teambuilding" o‘tkazdi. Mazkur tadbir kompaniya rahbariyati tashabbusi va kasaba uyushma qo‘mitasi ko‘magida tashkil etildi.

Dasturda tog‘larda sayr qilish, ko‘lda suzish, qayiqda sayr qilish, "zipline" va ko‘ngilochar shou dasturi o‘rin oldi. Ushbu dam olish formati xodimlarga kundalik ishlardan tanaffus olishga va iliq, do'stona muhitda vaqt o'tkazishga ko'maklashdi.

Bunday uchrashuvlar nafaqat kayfiyatni ko'tarishga, balki jamoaviy ruh va korporativ madaniyatni mustahkamlashga yordam beradi.

14 Jul, 2025