Qalin tuman Toshkent aeroporti faoliyatini cheklab qo’ydi
Qalin tuman sabab ko‘rish masofasining pasayishi (150 metr) “Toshkent” xalqaro aeroportida havo kemalarini qabul qilishni chekladi.
Xususan, Qanot Sharq aviakompaniyasining HH2234 (Fukuok – Toshkent) reysi kutish hududida boʻlganidan soʻng Samarqanddagi muqobil aerodromga yoʻnaltirildi.
“Silk Avia” aviakompaniyasining US802 (Buxoro – Toshkent) reysi ham Samarqanddagi muqobil aerodromga yo‘l oldi.
Parvoz jadvaliga kiritilgan o'zgartirishlar to'g'risidagi batafsil ma'lumotlarni aviatashuvchidan olishingiz mumkin.
Toshkent aeroportidan samolyotlarning jo‘nab ketishiga cheklovlar yo‘q. Parvozlar rejaga asosan amalga oshirilmoqda.
Web-site | Facebook | Instagram | Telegram | Twitter | LinkedIn
19 Jan, 2024