Namangan xalqaro aeroportida parvozlarning qidiruv va avariya-qutqaruv ta'minoti yo'nalishi bo'yicha kompleks o'quv mashqlar o'tkazildi
Tadbir afsonasiga ko'ra, qo'nish paytida yo'lovchi samolyoti halokatga uchraydi. Shundan so'ng mashg'ulot ishtirokchilari yong'inni o'chirish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko'rsatish va ularni tibbiy muassasalarga evakuatsiya qilish bo'yicha harakatlarni har tomonlama ishlab chiqdilar.
Mashg'ulotlar aerodrom tashqarisida, O'zbekiston Respublikasi "Yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmati" tarkibiga kiruvchi hamkorlikdagi tashkilotlar ishtirokida o'tkazildi.
Tadbirda 46 nafar mutaxassis va 15 ta maxsus texnika ishtirok etdi. Mashqlarning barcha bosqichlari batafsil ishlab chiqilgan bo'lib, tadbir yakunida tahlil qilindi.
O'tkazilgan kompleks o'quv mashq yakunlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi "Yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmati", aeroport va o'zaro hamkorlikdagi tashkilotlar bu kabi favqulodda vaziyatlarga to'liq tayyor deb topildi.
18 Jul, 2025