Aeroportdagi lochinlar: yirtqich qushlar parvozlar xavfsizligini qanday ta'minlaydi
Qushlarning samolyotlar bilan to'qnashuvini oldini olishning samarali usullaridan biri lochinlardan foydalanish bo'lib qolmoqda. Bu uchish-qo'nish yo'lagida xavfsizlikni ta'minlashga qaratilgan ornitologik nazorat tizimining bir qismidir.
Aeroport xodimlari qushlar to'plangan hududlarni kuzatib, u yerga o‘rgatilgan yirtqichlarni jo‘natadi. Lochinlar tabiiy tahdid sifatida harakat qilib, boshqa qushlarda qo'rquvni keltirib chiqaradi va ularni xavfli zonani tark etishga majbur qiladi.
Yilning turli vaqtlarida turli xil qushlar bilan ishlashga to'g'ri keladi: yozda kichik, qishda esa katta qushlar paydo bo'ladi. Ayniqsa qarg'alar juda aqlli, ular tovush yoki vizual qo'rqitish vositalariga tezda moslashadi. Biroq, lochinlardan doim qo'rqishadi - ularning instinkti yirtqichni e'tiborsiz qoldirib bo'lmasligini aytadi.
Shuning uchun bu biometod aeroport hududida ornitologik hodisalar xavfini kamaytirishning eng samarali usullaridan biri bo'lib qolmoqda.
28 Jul, 2025