Aeroportda "Follow me" xizmati nima?
"Follow me" - bu aeroportning yer usti xizmatlari tomonidan taqdim etiladigan xizmat bo'lib, unda "Follow me" (Meni ortimdan yuring) yozuvi bo'lgan maxsus avtomobil samolyotga perron yoki yurish yo'llari bo'ylab hamrohlik qiladi.
🛬 "Follow me" xizmatidan qachon foydalaniladi:
- Notanish yoki katta aeroport, shuningdek, aviakompaniyaning yangi aeroportga birinchi marta kelishi bo'lsa;
- cheklangan ko'rinish - tuman, qor, kuchli yomg'ir va boshqa tabiiy sharoitlarda;
- qurilish ishlari yoki noodatiy yurish yo'llari - perron bo'ylab harakatlanishda xatolikka yo'l qo'ymaslik uchun;
- nostandart to'xtash joyiga borish - agar samolyot odatiy yo'lovchilar chiqish yo'lagiga emas, balki, masalan, texnik zonaga yoki angarga ketayotgan bo'lsa;
🚘 Bu qanday ishlaydi:
Uchish-qo'nish yo'lagida yoki yurish yo'lagida uchuvchilar "Follow the Follow me car" ko'rsatmasini oladilar.
Samolyot oldida yorqin ranglar va miltillovchi chiroqlarga ega maxsus avtomobil paydo bo'ladi.
Ekipaj maxsus avtomobil ortidan to'xtash joyiga yoki uchib ketishda yurish/uchish-qo'nish yo'lagigacha boradi.
Ba'zida avtomobil qo'shimcha ravishda burilishlar, to'xtashlar yoki boshqa harakatlar haqida qo'shimcha signal beradi.
06 Aug, 2025