Clinics and Pharmacies

✈️ Bugun Toshkent aeroporti qiziqarli jarayon maydoniga aylandi!

P. Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabining iste’dodli yosh rassomi Yunusali Murodov aeroportga tashrif buyurib, katta havo bandargohi muhitidan ilhomlanib, aynan shu yerda rasm chizdi.

✈️ Samolyotlarning havoga ko‘tarilishi, quyoshdagi po‘lat qanotlarning porlashi, perron ritmi va cheksiz osmon - yosh, mahoratli rassom bularning barchasini holstga o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi va aeroport faoliyatini san’at asariga aylantirdi.

Bunday lahzalar san’at va zamonaviy dunyoning uyg‘unligi bo‘lib, eng kutilmagan joylardan ilhom kelib, san’at asarini o‘zgacha energiya bilan to‘ldiradi.

22 Aug, 2025