Toshkent aeroportida Mustaqillik bayrami nishonlandi
Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligi madaniy-ma’rifiy tadbir bilan nishonlandi.
Bayram tadbirida aviatsiya sohasi vakillari, “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyati xodimlari va aeroport mehmonlari ishtirok etdi. Ishtirokchilar mustaqillik qadri, fuqaro aviatsiyasi sohasida amalga oshirilayotgan ijobiy islohotlar va o‘zgarishlar haqida gapirdi.
Bayramona muhit konsert dasturi bilan davom etdi: sozandalar va raqs guruhlari aeroport mehmonlari va yo‘lovchilari uchun chiqish qilishdi.
29 Aug, 2025