🏖 Kuzning yoqimli mavsumi-2025: Toshkentdan dam olish uchun qaysi mamlakatlarga uchish mumkin
Kuzning yoqimli mavsumi — sayohat uchun eng yaxshi vaqtdir: yumshoq ob-havo, sayyohlarning oqimi kamaygan va chiptalar qulay narxlarda. "Uzbekistan Airports" kompaniyasi 2025-yil sentabr–oktabr oylarida Toshkentdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar amalga oshiriladigan bir nechta yo‘nalishlarni sizlar uchun jamladi.
✈️ Turkiya
Antaliya — "Uzbekistan Airways" tomonidan charter reyslari mavjud.
Istanbul — "Uzbekistan Airways", "Qanot Sharq", "Centrum Air", "Turkish Airlines" samolyotlarida muntazam reyslar yo‘lga qo‘yilgan.
✈️ Misr
Sharm-al-Shayx — "Uzbekistan Airways", "Fly Khiva", "Air Cairo", "Qanot Sharq" aviakompaniyalari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchadi.
✈️ BAA (Birlashgan Arab Amirliklari)
Dubay — "Uzbekistan Airways", "FlyDubai" va "Centrum Air" aviakompaniyalari xizmatga tayyor.
Sharja — "Air Arabia" aviakompaniyasi parvozlarni amalga oshiradi.
✈️ Gruziya
Batumi — "Uzbekistan Airways", "Centrum Air" va "Fly Khiva" reyslari mavjud.
Tbilisi — "Uzbekistan Airways" yoki "Fly Khiva" samolyotlarda uchish mumkin.
✈️ Ozarbayjon
Boku — "Uzbekistan Airways", "Centrum Air" yoki "AZAL" samolyotlarida uchish mumkin.
✈️ Malayziya
Kuala-Lumpur — "Uzbekistan Airways", "Batik Air Malaysia" tomonidan muntazam aviareyslar amalga oshiriladi.
✈️ Vyetnam
Nyachang — "Qanot Sharq" va "Uzbekistan Airways" samolyotlarda uchish mumkin.
✈️ Tailand
Phuket — "Uzbekistan Airways" tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar amalga oshiriladi.
✈️ Xitoy
Sanya — "Qanot Sharq" aviakompaniyasining reyslari mavjud.
✈️ Janubiy Koreya
Seul — "T’way Air", "Asiana Airlines", "Uzbekistan Airways", "Qanot Sharq", "Centrum Air" samolyotlari parvoz qiladi.
✈️ Qirg‘iziston
Issiqko‘l — "Uzbekistan Airways" tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar amalga oshiriladi.
⛱“Uzbekistan Airports” kompaniyasi sizga ushbu ajoyib mavsumda yoqimli quyosh, qulay parvozlar va unutilmas taassurotlar tilaydi.
08 Sep, 2025