Clinics and Pharmacies

“Uzbekistan Airports” jamoasi “Zakovat” intellektual turnirida munosib ishtirok etdi

2025-yil 7-sentabr kuni Toshkent shahridagi “Zakovat Arena” yopiq majmuasida vazirlik va idoralar o‘rtasida o‘tkazilgan “Mustaqillik kubogi” musobaqasi doirasida“Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘ydi. Unda “Uzbekistan Airports” jamoasi ham munosib ishtirok etdi.

Musobaqa uch bosqichdan iborat bo‘lib, jamoamiz har bir bosqichda muvaffaqiyatli ishtirok etib, doimiy ravishda yuqoriga ko‘tarilib bordi. Natijada, transport sohasi yo‘nalishida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Bu ishtirok “Uzbekistan Airports” tomonidan birinchi marta amalga oshirilgan bo‘lib, jamoa yuqori natija bilan o‘z intellektual salohiyatini namoyon etdi. Turnir yakunida jamoa sardoriga tashkilotchilar tomonidan sertifikat topshirildi.

“Uzbekistan Airports” bunday intellektual loyihalarda faol ishtirok etishni davom ettirish, xodimlarning bilim va tafakkur salohiyatini kengaytirish orqali ularning kasbiy va shaxsiy rivojlanishiga ko‘maklashishni rejalashtirmoqda.

10 Sep, 2025