Clinics and Pharmacies

“Uzbekistan Airports” kompaniyasi xodimlari o‘rtasida kibersport bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

O‘zbekiston aviatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tashabbusi bilan aviatsiya sohasi xodimlari o‘rtasida “Counter-Strike 1.6” kibersport musobaqasi tashkil etildi.

Mazkur musobaqada “Uzbekistan Airports”ning jami 55 nafar xodimini birlashtirgan 11 ta jamoa ishtirok etdi. Musobaqa aviatsiya sohasida faoliyat yuritayotgan yosh hamkasblar o‘rtasida sport va texnologiyaga bo‘lgan qiziqishni oshirish, g‘alabaga intilish ruhini mustahkamlash hamda jamoaviylik muhitini kuchaytirish maqsadida o‘tkazildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra g‘oliblar quyidagicha aniqlandi:

1-o‘rin — "Uzbekistan Airports” jamoasi

2-o‘rin — Toshkent xalqaro aeroporti jamoasi

3-o‘rin — “Uzbekistan Airports Handling” jamoasi

Turnir ishtirokchilarga yuqori kayfiyat, sog‘lom raqobat muhiti hamda yangi do‘stlar orttirish imkonini berdi. Kelgusida bu kabi sport tadbirlarini an’anaviy tarzda davom ettirish rejalashtirilmoqda.

15 Sep, 2025