Farg‘ona va Namangan aeroportlariga reklama konstruksiyalari operatorlari ishga taklif etiladi
"Uzbekistan Airports" E-auksion.uz elektron savdo maydonchasida Farg‘ona va Namangan xalqaro aeroportlaridagi reklama maydonlarini ijaraga berish bo‘yicha lotlarni auksionga qo‘ydi.
Shartlarga ko‘ra, Farg‘ona aeroportida (https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=17895714) operatorga terminalning ichki qismida joylashgan 165 kv.m reklama maydonini ijaraga berilishi rejalashtirilgan. Yillik boshlang‘ich narx 1,089 mln so‘m miqdorida belgilangan. Namangan aeroportida (https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=18136275)esa reklamani joylashtirish maqsadida 73 kv.m maydon ijaraga beriladi. Uning boshlang‘ich narxi — yiliga 350 million so‘m.
Ishtirokchi kompaniyalar texnik topshiriqda belgilangan talablarga rioya qilishlari shart. Ijara shartnomalari bir yil muddatga tuziladi. Reklama konstruksiyalarini o‘rnatish va ularga xizmat ko‘rsatish, elektr quvvati hamda kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar to‘liq ijarachining zimmasiga yuklanadi. Konstruksiya va ekranlar dizayni aeroport direksiyasi bilan kelishilishi shart.
16 Sep, 2025