Clinics and Pharmacies

"Uzbekistan Airports" kompaniyasi xodimlari transportda terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha treningda ishtirok etmoqda

Joriy yilning 15 - 19-sentyabr kunlari Olmaotada jamoat transporti uchun terroristik past texnologiyali, kimyoviy va biologik tahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan trening o‘tkazilmoqda. Dasturda "Uzbekistan Airports" kompaniyasi aviatsiya xavfsizligi va rejim boshqarmasi xodimlari, shuningdek, Qozog‘iston va Tojikistonning tegishli idoralari vakillari ishtirok etmoqda.

Trening doirasida ishtirokchilar transport obyektlari va odamlar gavjum bo‘lgan joylarda potensial tahdidlarni, oddiy va kam xarajatli vositalardan foydalanish xavfini, insayder faktlarni, shuningdek, yangi kimyoviy moddalar ishlatilishi mumkin bo‘lgan hujum ssenariylarini o‘rganishmoqda. O‘quv dasturi doirasida amaliy mashg‘ulotlar va bunday tahdidlarga javob berishda idoralararo muvofiqlashtirish mexanizmlarini mustahkamlash kabi masalalar qamrab olingan.

“Bugungi kun tahdidlari tobora xilma-xil va oldindan tahmin qilib bo‘lmaydigan darajada kuzatilmoqda. Mazkur kurs bizga nafaqat zamonaviy hujum ssenariylarini o‘rganish, balki tez va muvofiqlashtirilgan javob qaytarish ko‘nikmalarini shakllantirish imkonini beradi. Bu esa transportdagi xavfsizlikni ta’minlashda juda muhim ahamiyatga egadir,” — deya ta'kidlaydi "Uzbekistan Airports" kompaniyasi vakillari.

Mazkur trening AQSh Energetika vazirligi milliy laboratoriyalar tizimiga kiruvchi Tinch okeani shimol-g‘arb milliy laboratoriyasi (Pacific Northwest National Laboratory) tashabbusi bilan tashkil etilgan.

17 Sep, 2025