Clinics and Pharmacies

"Uzbekistan Airports" kompaniyasi vakillari ShHT davlatlari uchun aeroportlardan foydalanish va xavfsizlik bo‘yicha seminarida ishtirok etdi

Xitoyda Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ga a’zo davlatlar uchun aeroportlardan foydalanish va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirning maqsadi aeroportlarni boshqarish, aviatsiya xavfsizligini ta’minlash va fuqaro aviatsiyasining zamonaviy standartlarini joriy etish bo‘yicha tajriba almashishdan iborat bo‘ldi.

Tadbirda, O‘zbekiston, Ozarbayjon va Turkmanistondan tashrif buyurgan delegatsiyalar ishtirok etdi. Ular aeroportlardan foydalanishning zamonaviy amaliyotlari bilan tanishishdi, xavfsizlik masalalarini muhokama qilib mintaqadagi boshqa davlatlar vakillari bilan professional aloqalarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, mazkur seminar ShHTning mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, shuningdek, a’zo davlatlar o‘rtasida transport infratuzilmasini rivojlantirish yo‘lidagi sa’y-harakatlarining bir qismidir. Tadbir ishtirokchilari bu kabi ekspert uchrashuvlar hamda logistika va infratuzilma sohasidagi qo‘shma loyihalar borasida tajriba almashishga va transport siyosati hamda logistika yo‘nalishida qo‘shma yechimlarni ishlab chiqishga xizmat qilishini alohida qayd etdi.

Shuningdek, seminarda XXR tashkil topganidan beri o‘tgan 70 yil ichidagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishi hamda XXR Fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi tashkil etilganidan buyon fuqaro aviatsiyasi sohasidagi normativ-huquqiy bazasining evolyutsiyasi bilan tanishuv kabi masalalar seminar dasturidan o‘rin oldi.

18 Sep, 2025