Clinics and Pharmacies

Toshkent aeroportida kuzgi spotting-tur uchun arizalarni qabul qilish boshlandi

“Uzbekistan Airports” Toshkent xalqaro aeroporti hududida professional spotting-tur uchun arizalar qabul qilish ochilganini e'lon qiladi. Tadbirning taxminiy sanasi - 2025-yil 17-oktyabr.

Spotting-turda barcha xohlovchi spotterlar ishtirok etishi mumkin. Buning uchun pr@uzairports.com elektron manziliga ariza yuborish va pasport skanerini ilova qilish lozim. Arizalarni qabul qilish 1-oktyabr kuni soat 18:00 da yakunlanadi.

Arizalarni tanlashda quyidagi nomzodlarga ustunlik beriladi:

• professional foto va video uskunalari bo'lgan;

• aviatsiya mavzularida o'zining tematik veb-sayti/blogi/ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari borligi

• professional spotterlar resurslarida nashrlarida chop etilgan yoki suratlari joylashtirilgan bo'lishi (www.jetphotos.com, www.airliners.net, www.planespotters.net va boshqalar).

Agar ishtirok etish uchun yuborgan arizangiz maqullansa, sizga 2025-yil 6-oktyabrgacha javob xati yuboriladi. Ishtirokchilar soni cheklangan.

Ariza

28 Sep, 2025