"Uzbekistan Airports Handling"da korrupsiyaga qarshi choralar muhokama qilindi
"Uzbekistan Airports Handling"da fuqarolik aviatsiyasi sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda "Uzbekistan Airports" hamda "Uzbekistan Airports Handling" xodimlari, shuningdek, transport sohasi xavfsizligi uchun mas’ul bo‘lgan aviatsiya prokuraturasi hamda Ichki ishlar vazirligining tegishli bo‘linmalari vakillari ishtirok etdi. Unda mavjud muammolar, korrupsiya xavfini oldini olish bo‘yicha huquqiy mexanizmlar, shu jumladan korporativ madaniyatning korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirishdagi o‘rni muhokama qilindi.
“Bugun qonunbuzarliklarga shunchaki javob berish yetarli emas — har bir xodim tushunadigan profilaktik chora-tadbirlar tizimini yaratish muhim: mas’uliyat — bu shunchaki rasmiyatchilik emas, balki soha xavfsizligi va unga bo‘lgan ishonchning bir qismidir,” — deydi "Uzbekistan Airports"ning korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens bo‘limi boshlig‘i Muxtor Maxkamboyev.
Ishtirokchilarga qonunda nazarda tutilgan korrupsion huquqbuzarliklar oqibatlari jiddiy ekani eslatildi va har bir shaxsning axloq qoidalari hamda qonunlarga rioya etish borasidagi shaxsiy mas’uliyati alohida ta’kidlandi.
Yig‘ilish yakunida xodimlar korrupsiyaga bo‘lgan murosasizlikni qat’iy namoyon etish hamda shaffof faoliyat muhitini shakllantirishda faol ishtirok etishga chaqirildi.
23 Sep, 2025