Clinics and Pharmacies

Toshkent aeroportida robot-barista paydo bo‘lishi mumkin.

"Uzbekistan Airports" kompaniyasi E-auksion.uz onlayn platformasida Toshkent xalqaro aeroportida ijaraga beriladigan yangi maydonlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Aeroport hududida aviakompaniya va havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar konteynerlarini o'rnatish uchun 30 (https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=18412635) va 53 (https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=18412634) kvadrat metr maydonlar kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Yillik boshlang‘ich narxlar mos ravishda 144 va 254 million so‘m etib belgilandi.

Bundan tashqari, xalqaro jo‘nab ketish terminalidagi 3 kvadrat metr maydon avtomatlshtirilgan qahva kioski (https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=18412636) (robot barista) uchun auksionga qo‘yiladi.

Shuni ta'kidlash lozimki, kim oshdi savdosida ishtirok etuvchi kompaniyalar texnik shartlarga mos kelishlari shart. Ijarachilarga qo'yiladigan talablar, boshlang'ich narxlar va savdo qoidalari E-auksion veb-saytida barcha lotlar bo'yicha mavjud. Kim oshdi savdosi qoidalariga ko‘ra, auksion vaqtida boshlang‘ich yillik summalar kamida 10 foizga oshishi mumkin. Barcha auksionlar 2025-yil 7-oktyabr kuni bo'lib o'tadi.

30 Sep, 2025