Clinics and Pharmacies

“Uzbekistan Airports” kompaniyasi Gonkongdagi xalqaro forumda ishtirok etdi

2025-yil 23-26-sentabr kunlari Gonkongda “World Routes 2025” xalqaro aviatsiya forumi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda 100 dan ortiq mamlakatdan 770 ta kompaniya vakillari o‘z tashabbuslari va imkoniyatlarini taqdim etish, shuningdek, aviatsiya sohasining rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish uchun yig‘ildilar.

“Uzbekistan Airports”ning asosiy vazifalaridan biri O‘zbekiston aeroportlarining infratuzilmasini modernizatsiya qilish va yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirishdir. Shu munosabat bilan, Forum doirasida kompaniya vakillari “Gulf Air”, “Etihad Airways”, “AirAsia” va “Oman Air” kabi 30 ta aviakompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Albatta bunday uchrashuvlar “Uzbekistan Airports” kompaniyasini xalqaro maydonda targ‘ib qilishga hamda uning brendini global aviatsiya sohasida mustahkamlashga hissa qo‘shadi.

Bugungi kunda O‘zbekiston aeroportlaridagi marshrutlar tarmog‘i 35 dan ortiq davlatning 77 shaharlaridagi 81 ta xalqaro yo‘nalishni qamrab olgan.

29 Sep, 2025