✈️📦 Pochta tashuvlari tobora ko‘proq havo transporti orqali amalga oshirilmoqda
Bugun, 9-oktabr kuni Butunjahon pochta kuni nishonlanmoqda. Shubhasiz, bugungi pochta — bu faqat xatlar emas. Bu — millionlab insonlarning kundalik hayoti va global iqtisodiyotning bir qismidir. Zamonaviy logistikani ishonchli aviatsiya infratuzilmasisiz tasavvur qilish qiyin. “Uzbekistan Airports” kompaniyasi pochta yuklarini aeroportlar orqali tez, xavfsiz va aniq jadval asosida o‘tishini ta’minlash uchun zarur sharoitlar yaratmoqda.
2025-yil boshidan buyon O‘zbekiston aeroportlari orqali havo transportida 2 375,56 tonna pochta uzatmalari — xatlar, jo‘natmalar, xalqaro korrespondensiyalar tashildi.
Shu sohaga barcha aloqador insonlarni tabriklaymiz! Hamkasb va hamkorlar, pochta kuni bilan!
10 Oct, 2025