Clinics and Pharmacies

🚖 Rasmiy taksi — qulaylik va xavfsizlik

Bugungi kunda Toshkent aeroportida ikkita — "Airport Taxi" va "SIXT" rasmiy taksi xizmati faoliyat yuritmoqda. Har ikkala kompaniya ochiq auksion natijalariga ko‘ra tuzilgan rasmiy ijara shartnomalari asosida uchib kelish zali hududida yo‘lovchilarni tashish xizmatlarini ko‘rsatadi.

📍 Taksi xizmati avtomobilini uchib kelish zalidagi maxsus ustunda buyurtma qilish mumkin. Bu yerda 24/7 rejimida dispetcherlar ishlaydi va sizga eng maqbul yo‘nalish turini tanlashda yordam beradi.

💳 To‘lov — sizga qulay usulda: naqd yoki bank kartasi orqali.

🚗 Avtoparkda zamonaviy va qulay avtomobillar mavjud, haydovchilar maxsus tekshiruv va o‘quvdan o‘tgan, tariflar esa belgilangan va shaffof.

Shuningdek, yo‘lovchilar taksi agregatorlari xizmatlaridan ham foydalanishlari mumkin. Bunda, avtomobillar uchib kelish terminali oldidagi avtoturargohga kelib to‘xtaydi.

Yaqin kunlarda rekonstruksiya doirasida qo‘shimcha estakada ishga tushiriladi. Birinchi (mavjud bo‘lgan) estakada faqat sayyohlik avtobuslari va aeroportning rasmiy taksilari uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Ikkinchisi esa kutib oluvchilarning avtomobillari va taksi agregatorlari uchun mo‘ljallangan.

⚠️ Eslatib o‘tamiz, Toshkent aeroporti - aeroportga tutash hududlarda yo‘lovchi tashuvi xizmatlarini taklif qilayotgan tashuvchilar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.

17 Oct, 2025