Clinics and Pharmacies

Samolyotni kadrga tushirish: Toshkent aeroportida kuzgi spotting tur bo'lib o'tdi

Bugun, 17-oktabr kuni Toshkent xalqaro aeroportida “Uzbekistan Airports” kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan to‘qqizinchi rasmiy avispotting-tur bo‘lib o‘tdi. Ushbu anʼanaviy tadbir Oʻzbekistonning turli hududlari, shuningdek, qoʻshni davlatlardan 50 ga yaqin ishtirokchi – professional va aviahavaskorlarni birlashtirdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar aeroport perronidan turib samolyotlarning uchish va qo‘nishlarini kuzatish va suratga olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Spotterlar "Loong Air", "Air Asia", "Fly Dubai", "S7", "China Eastern", "Air China", "My Freighter", "Air Astana", "Aeroflot", "Somon Air", "TezJet" va boshqa aviakompaniyalarning yo‘lovchi va yuk samolyotlarini suratga oldi.

Tadbirda ishtirok etish istagidagilar dastlabki saralash jarayonidan o‘tdi. O‘tgan yillardagidek, arizalar professional foto yoki video uskunalarning mavjudligi, tegishli bloglar va ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi, xalqaro spotting platformalaridagi nashrlari inobatga olindi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda birinchi rasmiy spotting tur 2021-yil 22-oktabrda boʻlib oʻtgan boʻlib, bu mamlakat boʻylab muntazam tashkil etiladigan spotting-turlarning boshlanishi edi. Keyinroq 2022-yil 26-yanvarda Vazirlar Mahkamasining “Aviaspottingni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinib, bunday tadbirlarni doimiy asosda o‘tkazish belgilandi.

18 Oct, 2025